Qozog’iston, Turkmaniston va Eron o’rtasida temir yo'li qurildi

Qozog’iston, Turkmaniston va Eron o’rtasida qurilgan xalqaro temir yo’lining 82 km Eron, 700 km Turkmaniston, 120 km esa, Qozog’iston chegaralaridan o’tmoqda.

209875
Qozog’iston, Turkmaniston va Eron o’rtasida temir yo'li qurildi

Qozog’iston, Turkmaniston va Eron o’rtasida qurilgan xalqaro temir yo’lining Turkmaniston bilan Eron o’rtasidagi bo’limi xizmatga tayyor…
Shu munosabat bilan joriy yilning 3 dekabr kuni o’tkaziladigan tantanali ochilish marosimidan so’ng, Turkmaniston bilan Eron o’rtasidagi yangi temir yo’li yo’lovchilarga xizmat bera boshlaydi.
Mazkur temir yo’li tarmog’ining Qozog’iston va Turkmaniston o’rtasidagi bo’limi esa, o’tgan yili may oyida ochilgan edi.
Temir yo’lining ochilishi bilan Yevropa, O’rta va Janubiy Osiyo, Yaqin sharq yo’nalishida arzon bahoda yuk tashish xizmati va tezkor transport xizmati ta’minlanadi.
2007 yili Qozog’iston, Eron va Turkmaniston o’rtasida imzolangan shartnoma asosida qurilgan mazkur temir yo’li tarmog’ida dastlab har yili 3-5 million tonna yuk tashish maqsad qilinmoqda.
Keyinchalik yuk miqdorining 10-12 million tonnaga chiqarilishi kutilmoqda.
Temir yo’lining 82 km Eron, 700 km Turkmaniston, 120 km esa, Qozog’iston chegaralaridan o’tmoqda.
Qozog’iston, Turkmaniston va Eron o’rtasidagi temir yo’lining ochilish marosimiga tegishli davlatlarning prezidentlari ishtirok etishi kutilmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar