Shimoliy Kiprda Turkiy davlatlar media forumi o'tkazilmoqda

Forumga turk dunyosini tashkil qilgan 21 davlat va jamiyatdan 100 ga yaqin matbuot xodimi ishtirok etmoqda.

191919
Shimoliy Kiprda Turkiy davlatlar media forumi o'tkazilmoqda

Kecha Shimoliy Kipr Turk Respublikasida Turkiy davlatlar media forumi boshlandi.
Forumga turk dunyosini tashkil qilgan 21 davlat va jamiyatdan 100 ga yaqin matbuot xodimi ishtirok etmoqda.
Forumning ochilishiga Turkiya Oliy majlis raisi Jemil Chichek, Bosh vazir o’rinbosari Bulent Arinch, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Majlis raisi Sibel Siber va Bosh vazir O’zkan Yorganjiog’lu tashrif buyurdi.
Forumda turk dunyosida mavjud kamchiliklar dunyoga yetarlicha yetkazilmagani qayd etildi.
Jemil Chichek so’zlagan nutqida turk dunyosidagi muammolarning butun dunyoga yetkazilishi katta ahamiyat kasb etganini aytib o’tdi.
Bulent Arinch esa, Kipr Turk xalqi talablarini dunyoga anglatishda qiyinchilik ko’rganini bildirib, matbuot xodimlaridan bu borada e’tiborli bo’lishini talab qildi.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri O’zkan Yorganjiog’lu 500 yildan beri orolda yashagan Kipr turklari til va madaniyatlari bilan erkin yashash uchun kurashganini tilga oldi.
Ertaga o’z nihoyasiga yetadigan forumda medianing tili, mavjud muammolar va ma’lumot almashish kabi mavzular muhokama qilinadi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar