Ozarbayjonda Osiyo Taraqqiyot banki yig'ilish o'tkazadi

Osiyo Taraqqiyot banki direktori Takehiko Nakao 2015 yili o’tkaziladigan yig’ilishga tayyorgarlik maqsadida Bakuda bo’ldi.

180912
Ozarbayjonda Osiyo Taraqqiyot banki yig'ilish o'tkazadi

Ozarbayjonning poytaxti Bakuda Osiyo Taraqqiyot bankining 48-yillik yig’ilishi o’tkaziladi.
Shu munosabat bilan Osiyo Taraqqiyot banki direktori Takehiko Nakao 2015 yili o’tkaziladigan yig’ilishga tayyorgarlik maqsadida Bakuda bo’ldi.
Takehiko Nakao 2015 yilning may oyida Bakuda o’tkaziladigan yig’ilishga 67 davlatdan qator vazirlar, nodavlat tashkilot vakillari, yoshlar va mutahassislarning qatnashishini ma’lum qildi.
Osiyo Taraqqiyot banki direktori Takehiko Nakaoning aytishicha, Osiyo Taraqqiyot banki xozirgacha Ozarbayjonga 1.64 milliard dollar kredit va moddiy yordam o’tkazdi.
Qolaversa, Ozarbayjonda neftdan tashqari ko’plab sohalarning rivojlanishini va mintaqaviy loyihalarni qo’llab quvvatladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar