Ozarbayjonda "Turkiya haftasi"…

“Turkiya haftasi” doirasida Turkiya va Ozarbayjondan strategik tadqiqot markazi mutassislari O’zarbayjonning poytaxti Bakuda to’plandi.

179516
Ozarbayjonda "Turkiya haftasi"…


Ozarbayjonda “Turkiya haftasi”…
“Turkiya haftasi” doirasida Turkiya va Ozarbayjondan strategik tadqiqot markazi mutassislari O’zarbayjonning poytaxti Bakuda to’plandi.
Turk va ozarbayjonlik tadqiqotchilar ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni ko’zdan kechirdi.
Ozarbayjon Strategik tadqiqotlar markazi rahbari Ferhat Mammedovning aytishicha, bunday yig’ilishlar ikki davlat aloqalarini yanada yuksak pog’onaga olib chiqishga hissa qo’shadi.
Turkiya Strategik tadqiqotlar markazi rahbari Ali Resul Usulning fikricha, Turkiya bilan Ozarbayjon xalqaro maydonda mushtarak siyosat olib borish uchun strategik maqsad belgilashi kerak.
Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkiloti rahbari Kudret Bulbul Ozarbayjon bilan bo’lgan aloqalarga har sohada o’z hissasini qo’shishga tayyor ekanini tilga oldi.
“Turkiya haftasi” doirasida Ozarbayjonning turli hududlarida yig’ilish va anjumanlar o’tkaziladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar