O’zbekistonning poytaxti Toshkentda turizm ko’rgazmasi ochildi

Ko’rgazmaga İspaniya, İtaliya, Chexiya Respublikasi, Eron, Misr, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi 30dan ziyod davlatdan qator turizm shirkatlari va agentliklari ishtirok etmoqda.

150252
O’zbekistonning poytaxti Toshkentda turizm ko’rgazmasi ochildi

O’zbekistonning poytaxti Toshkentda turizm ko’rgazmasi ochildi.
Jahon turizm tashkilotining qo’llab quvvatlovi bilan O’zbek turizm tashkiloti tomonidan tashkil qilingan ko’rgazmaga katta e’tibor ko’rsatilmoqda.
Turkiya ko’rgazmaga sharafli mehmon sifatida qatnashmoqda.
Bundan tashqari, ko’rgazmaga İspaniya, İtaliya, Chexiya Respublikasi, Eron, Misr, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi 30dan ziyod davlatdan qator turizm shirkatlari va agentliklari ishtirok etmoqda.
Ko’rgazmaga tashrif buyurgan Turkiyaning Madaniyat va turizm vazir o’rinbosari Abdurrahman Arijining aytishicha, O’zbekiston turizm sohasi bo’yicha, viza olishda qulay sharoitni ta’minlashi va bu yerga samolyot safarlarini ko’paytirishi bilan turk turistlarning sonini oshirishi mumkin.
Turk Havo Yo’llarining Toshkentdagi vakili Oktay Hayrat esa, ikki yildan buyon O’zbekistonga Turk Havo Yo’llari orqali juda ko’p turist kelib ketganini bildirdi.
Ko’rgazmada asosan, Turkiya standiga qiziqish katta bo’ldi.
O’zbekistonda 1995 yildan beri har yili muntazam ravishda o’tkazilib kelingan Toshkent Turizm ko’rgazmasi 3 kun davom etadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar