Tarixda bugun 16.12.2020

Turkiya va dunyo tarixida 16 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

1546689
Tarixda bugun 16.12.2020

1773 – yilning 16 – dekabri kuni AQShdagi ingiliz koloniyalarida London yetakchiligiga qarshi qozg‘olon ko‘tarildi. Tarix sahifalarida “Boston choy partiyasi” degan nom bilan qayd etilgan voqeada, choy solig‘iga norozichilik ko‘rsatganlar Boston portidagi 3 ta ingiliz kemasiga kirib, choy sandiqlarini dengizga to‘kib yubordi. 

 

1920 – yilning 16 – dekabri kuni Xitoyning shimoli – g‘arbida joylashgan Gansu viloyatida yuz bergan 8.6 magnitudali yer silkinishi va tuproq ko‘chkisi oqibatida 200 ming kishi halok bo‘ldi.  

 

1991 – yilning 16 – dekabri kuni Qozog‘iston Sovet ittifoqi tarkibidan chiqib, mustaqilligini e’lon qildi.

 

1998 – yilning 16 – dekabri kuni AQSh bilan Britaniya BMTning kimyoviy qurol bo‘yicha nazoratchilariga ruxsat bermaganligi bois Iroqqa qarshi “Chol tulkisi” harakatini boshlatdi. To‘rt kun davom etgan harakatda 500 ta qanotli raketasi va 250 ta uchoq bilan Iroqning harbiy obyektlari nishonga olindi.

 



Aloqador xabarlar