Tarixda bugun 11.12.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1543830
Tarixda bugun 11.12.2020

 

1936 yil 11 dekabr… Buyuk Britaniya qiroli 8-Eduard hukmdorlikdan voz kechdi. Bu voqea Ingliz monarxiyasi uchun kutilmagan hodisa bo’ldi. Qirol Eduard bu qaroridan uch oy avval Turkiyaga tashrif buyurib, prezident Mustafo Kamol Otaturk huzurida bo’lgandi.

 

1987 yil 11 dekabr… “Hababam sinfi”, “Quvonchli kunlar” va boshqa ko’plab turk fil’mlarida ro’l ijro etgan mashhur kinoaktrisa Adile Nashit Istanbulda vafot etdi.

 

1994 yil 11 dekabr… Chechenistonning bir tomonlama e’lon qilgan mustaqillik qaroriga qarshi Rossiya qo’shini yuzlab tanklar bilan mamlakatga bostirib kirdi va shaharlarni ishg’ol qila boshladi. Chechenlar Rossiya qo’shinini to’xtatib qolishga muvaffaq bo’ldi. 1996 yil 30-avgustda imzolangan bitim asosida 1-Rus-Chechen urushiga chek qo’yildi.

 

1999 yil 11 dekabr… Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari sammitida ittifoqqa a’zo bo’lish uchun Turkiyaga nomzodlik statusi berildi. Mazkur sammitda davrning Turkiya bosh vaziri Bulent Ejevit ishtirok etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar