Tarixda bugun 06.12.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1540275
Tarixda bugun 06.12.2020

 

1865 yil 6 dekabr… Ichki urush tugashi bilan AQSh konstitutsiyasiga qullikka chek qo’yuvchi 13-modda ilova qilindi. Qullikka qarshi bo’lgan AQSh prezidenti Abraham Linkoln bu tartibotning qonunga aylanganligini ko’rishga ulgurmadi. Linkoln 18 aprelda suiqasd natijasida hayotdan ko’z yumdi.

 

1917 yil 6 dekabr… Kanadaning Halifax shahri sohilida portlovchi modda ortilgan kema boshqa kema bilan to’qnashib ketdi. Voqeani tomosha qilish uchun portga olomon yig’ilar ekan, kemalardan birida to’satdan portlash ro’y berdi va 2 ming kishi halok bo’ldi. Minglab kishi jarohatlandi. Voqea oqibatida shaharning bir qismi vayron bo’ldi.

 

2017 yil 6 dekabr… AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olganligini va AQSh elchixonasini Al-Qudsga ko’chirishini ma’lum qildi. Islom davlatlarining e’tiroziga sabab bo’lgan ushbu qarordan so’ng, Istanbulda to’plangan Islom hamkorlik tashkiloti sharqiy Al-Qudsni Falastinning poytaxti deb tan olganligini e’lon qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar