Tarixda bugun 04.12.2020

Turkiya va dunyo tarixida 4 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

1539631
Tarixda bugun 04.12.2020

656 – yilning 4 – dekabri kuni birinchi marotaba Islom davlatida ichki urush yuzaga keldi. Hz. Alining Hz. O‘smonning qotillarini topmaganini iddio etganlar Hz. Muhammadning rafiqasi Hz. Oyshani ham yonlariga olib, muxoliflikni boshlatdi. Tanqidlar qisqa vaqt ichida qurolli urushga aylandi va ikki tomon Basra yaqinlarida urushdi. Tarixda, “Jamol voqeasi” degan nom bilan qayd etilgan urushda Hz. Ali yutuqqa erishdi.

 

1943 – yilning – 4 – dekabri kuni AQSh prezidenti Ruzvelt va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Churchill Turkiyaning Germaniyaga qarshi urush e’lon qilishi uchun Qohirada Prezident Ismet Ino‘nu bilan uchrashdi. Uch kun davom etgan muzokaralar natijasida Ismet Ino‘nu AQSh va Buyuk Britaniyaning Turkiyaning urush e’lon qilishi haqidagi talabini rad etdi. Turkiya, urushning tugash arafasida Germaniya bilan Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi va BMTning asoschi a’zolari safiga qo‘shildi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ismet Ino‘nu , #Qohira , #Islom davlari

Aloqador xabarlar