Tarixda bugun 30.11.2020

Turkiya va dunyo tarixida 30 - noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

1536923
Tarixda bugun 30.11.2020

1900 - yilning 30 - noyabri kuni Yozuvchi Oskar Uald Parijda vafot etdi. O‘z joniga qasd qilgan yozuvchi tunagan mehmonxonadagi xonaning devorida “Birimiz ketishimiz kerak” degan yozuv topildi.

 

1925 – yilning 30 – noyabri kuni Turkiyada maqbara va katta - kichik xonaqohlar bekitildi. Qonun asosida ruxsat berilmagan shaxslarning salla taqishi va diniy kiyim – kechaklar kiyishi man etildi. Huddi shu kuni TBMM raisi ortidagi devorga ham “Hokimiyat xalqning” degan yozuv ilib qo‘yildi. Ataturk, Kastamonuda so‘zlagan nutqida, “Turkiya Respublikasi shayxlar, darveshlar, muridlar va majzublar diyori bo‘lolmaydi. Eng to‘g‘ri, eng haqiqiy tariqat - madaniyat tariqatidir”. – dedi.

 

 

1974 - yilning 30 - noyabri kuni Efiopiyada 3.2 million yil oldin umr surgan bir insonning skeleti topildi. Kashfiyotchilar tomonidan “Lyusi” deb nom berilgan skeletning 105 santimetr ekanligi ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Oskar Uald , #Turkiyada maqbara , #Lyusi

Aloqador xabarlar