Tarixda bugun 20.11.2020

Turkiya va dunyo tarixida 20 - noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

1531292
Tarixda bugun 20.11.2020

1922 - yilning 20 - noyabri kuni Shveytsariyaning Lozanna shahrida Turkiyaning, dunyoning mustaqil davlatlari ro‘yhatiga kirishini ta’minlovchi Lozanna Tinchlik konferentsiyasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda, Turkiya nomidan Tashqi ishlar vaziri Ismet Ino‘nu ishtirok etdi.

 

1945 - yilning 20 - noyabri kuni Ikkinchi Jahon urushi ortidan qo‘lga tushgan 24 nafar fashist urush jinoyatchilari ustidan Nurnberg sudi o‘z ishini boshladi.

 

1959 - yilning 20 - noyabri kuni BMTning Bolalar huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi chop etildi. Roppa - rosa 30 yil ortidan huddi shu kuni mazkur deklaratsiya asosidagi Bolalar huquqi haqidagi shartnoma ham BMT tomonidan qabul qilindi.

 

1975 - yilning 20 - noyabri kuni ichki urush ortidan yetakchiligini qo‘lga kiritgan Ispaniyani, 36 yil diktatorlik bilan boshqargan general Franko 83 yoshida Madridda vafot etdi.

 



Aloqador xabarlar