Tarixda bugun 19.11.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1529944
Tarixda bugun 19.11.2020

 

1923 yil 19 noyabr… 1-Jahon urushidan so’ng, inqirozga yuz tutgan Germaniya iqtisodiyoti cho’kdi. Nemis marki katta qiymat yo’qotdi. 1 Amerika dollari 4.2 trillion nemis markiga teng bo’ldi.

 

1967 yil 19 noyabr… Turkiya parlamenti Kiprda avj olgan taranglik tufayli xorijga qo’shin yuborish to’g’risidagi hujjatni qabul qildi. Turk dengiz flotida favqulodda harakat boshlandi. Anqaradagi 28-Kolonna Iskandarunga tomon yo’lga otlandi.

 

1984 yil 19 noyabr… Arman terroristlar Venadagi BMT vakolatxonasida xizmat qilgan turk diplomat Anvar Ergunni qatl etdi.

 

2005 yil 19 noyabr… Iroq ishg’oli vaqtida Amerika harbiylari Hadisa shaharchasida 24 nafar ayol va bolalarni qatl etdi. Voqea tufayli 4 harbiy aybdor deb topildi, biroq sudga tortilmasdan barchasi ozodlikka chiqdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar