Tarixda bugun 18.11.2010
Turkiya va dunyo tarixida 18 - noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.
1865 - yilning 18 - noyabri kuni haqiqiy ismi Samuel Lenghorn Klemens bo‘lgan amerikalik yozuvchisi Mark Tvenning “Kalaverasdan chiqqan mashhur sakrovchi qurbaqa” deb nomlangan birinchi hikoyasi chop etildi. Yozuvchini butun dunyoga tanitgan, “Tom Soyer” bilan “Geklberri Finn” asari edi.
1967 - yilning 18 – noyabri kuni Kiprda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikparvar kuchlari nazoratidagi Erenko‘yga qarshi greklarning qurolli hujum uyushtirishi ortidan, turk mujohidlar bilan grek to‘dalar o‘rtasida 7 soat davom etgan to‘qnashuv kelib chiqdi. Turk urush uchoqlari pastdan uchish orqali, voqeaga monelik qildi.
2017 - yilning 18 – noyabri kuni olimpiada va jahon chempioni Naim Suleymano‘g‘lu kasalxonada vafot etdi. Suleymano‘g‘lu, 1988 - yili Seul Olimpiadasida 9 jahon va 6 olimpiada rekordi o‘rnatib, o‘z nomini sport afsonalari qatorida qayd ettirdi.
Aloqador xabarlar
Tarixda bugun 31.12.2020
Turkiya va dunyo tarixida 31 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.
Tarixda bugun 30.12.2020
Turkiya va dunyo tarixida 30 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.