Tarixda bugun 16.11.2020

Turkiya va dunyo tarixida 16 - noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

1528555
Tarixda bugun 16.11.2020

1532 - yilning 16 - noyabri kuni ispan istilochisi Fransisco Pizarro 168 kishilik askari bilan 80 ming kishilik qo‘shinga qo‘mondonlik qilgan Inklar imperatori Atahualpani mag‘lubiyatga uchratib, asirga oldi.

 

1849 - yilning 16 - noyabri kuni Rossiya sudi “Jinoyat va jazo” romani avtori Fyodor Dostoyevskiyni hukumatga qarshi yo‘lga qo‘ygan harakatlari yuzasidan o‘lim jazosiga hukm qildi. O‘lim jazosi keyinchalik nufuzli davlat va jamoat arboblarining aralashuvidan so‘ng podsho Aleksandr II tomonidan 4 yillik katorga surguni bilan almashtirildi.

 

1938 - yilning 16 - noyabri kuni 10 - noyabrda vafot etgan Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafa Kemal Ataturkning janozasi Dolmabaxche saroyida katafalkka qo‘yildi. Turk xalqi Ataturk bilan hayrlashdi.

 



Aloqador xabarlar