Tarixda bugun 15.11.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1527917
Tarixda bugun 15.11.2020

 

1630 yil 15 noyabr… Quyosh sistemasidagi sayyoralarning doirasimon harakatini kashf qilgan nemis astronom olim Johannes Kepler vafot etdi. Uning kashfiyotlari nazariy astronomiya taraqqiyotiga asos boʻldi.

      

1979 yil 15 noyabr… Istanbul bo’g’ozida Gretsiya kemasi bilan 100 ming tonna neft olib ketayotgan Yuminiya tanker kemasi to’qnashib ketdi. Fojiada 51 dengizchi halok bo’ldi. Bo’g’ozga oqib tushgan neft tufayli sodir bo’lgan yong’in bir necha kun davom etdi.

 

1983 yil 15 noyabr… Kipr tinchlik harakatidan so’ng, Kipr turk federal davlati majlisida bir ovozdan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi. Bu haqdagi bayonnoma prezident Rauf Denktash tomonidan o’qib eshittirildi.

 

1988 yil 15 noyabr… Mustaqil Falastin davlati butun dunyoga e’lon qilindi. Turkiya birinchilardan bo’lib Falastin davlatini rasman tan oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar