Tarixda bugun 14.11.2020

Turkiya va dunyo tarixida 14 - noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

1527627
Tarixda bugun 14.11.2020

1889 – yilning 14 – noyabri kuni “New York World” gazetasi muhbiri Nellie Bly, yer yuzini aylanib chiqish uchun sayohatga chiqdi va roppa – rosa 40 ming 71 kilometr masofa bosib o‘tdi. U yozuvchi Jules Vernening "Yer yuzi bo‘ylab 80 kunda sayohat" nomli kitobidan ilhom olgandi. Nellie Bly ushbu sayohat chog‘ida kitob muallifi bilan ham tanishish baxtiga muyassar bo’ldi.

 

1914 – yilning 14 – noyabri kuni Fuat Uzkinay, turk kino tarixining boshlang‘ichi hisoblangan “Ayasofiyadagi rus obidasining yiqilishi” deb nomlangan qisqa metrajli xujjatli filmni suratga oldi. Obida, 1877 – 78 yillari O‘smoniy – rus urushida halok bo‘lgan rus askarlar xotirasiga bag‘ishlab qo‘yilgandi. Birinchi Jahon urushida O‘smoniy davlatining Rossiyaga urush e’lon qilishi ortidan, uning buzilishi haqida qaror qabul qilindi.

 

1944 – yilning 14 – noyabri kuni axiskalik turklar Stalinning buyrug‘i bilan ommaviy ravishda poyezd vagonlariga o‘tkizilib, surgunga yuborildi. Ular sobiq Sovet ittifoqi ichida o‘rin olgan 13 ta mintaqaga tarqatildi. Surgunga qarshi chiqqan 24 ming kishi qatl etildi.



Aloqador xabarlar