Tarixda bugun 09.11.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1524002
Tarixda bugun 09.11.2020

 

1938 yil 9 noyabr… Germaniyada fashistlar tomonidan yahudiylarga qarshi ommaviy qonli hujumlar sodir etildi. Ikki kun davom etgan voqealarda poytaxt Berlinning o’zida 7 ming do’kon talon-taroj qilindi. Ko’plab  yahudiy o’ldirildi. 200dan ortiq ibodatxonaga o’t qo’yildi. Bu voqea “Xrustal tun” nomi bilan tarix sahifalaridan joy oldi.

 

1993 yil 9 noyabr… Yugoslaviya urushida xorvatlar tomonidan sodir etilgan hujumda Mostar ko’prigi vayron bo’ldi. Ichki urush timsoliga aylangan ko’prik 1566 yili Bosniya-Gersegovina Usmoniylar nazoratida bo’lgan davrlarda insho etilgandi. Ushbu tarixiy ko’prik 2004 yili Turkiya tomonidan qayta ta’mirlandi.

 

2016 yil 9 noyabr… AQShdagi prezident saylovida Respublikachi partiya nomzodi Donald Tramp g’alaba qozondi. Barak Obamadan prezidentlik lavozimini qabul qilib olgan Tramp AQShning 45-prezidenti bo’lish bahtiga muyassar bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar