Tarixda bugun 05.11.2020

Turkiya va dunyo tarixida 5 - noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

1522247
Tarixda bugun 05.11.2020

1605-yilning 5-noyabri kuni Britaniya qiroli James I va protestant aristokratlarni o‘ldirishni ko‘zda tutgan britaniyalik katoliklarning fitnasi oshkor qilindi. Suiqasdchi Gay Foks, Vestminster saroyidagi parlament binosini portlatishdan oldin qo‘lga tushirildi. Voqea Britaniyaning siyosiy tarixida, “Poroxli til biriktiruv” degan nom bilan qayd etildi. 

 

1991-yilning 5-noyabri kuni Filippinda yuz bergan sel falokatida qariyb 7 ming kishi halok bo‘ldi.

 

2006 - yilning 5 - noyabri kuni Ikkinchi Ko‘rfaz urushi ortidan qochqinga aylangan va Tikrit shahriga yaqin nuqtada qo‘lga tushgan Iroqning o‘z vazifasidan to‘ntarish orqali ketgan lideri Saddam Husayn, sud hukmi bilan o‘lim jazosiga mahkum qilindi. Sud 1982 - yili Dujayl shahrida 142 nafar iroqlik shia musulmonlarining o‘ldirilishidan Saddam Husaynni javobgar deb topdi. O‘lim jazosining Oliy sud tomonidan tasdiqlanishi ortidan Saddam Husayn 30 - dekabr kuni Bog‘dodda dorga osildi. 

 



Aloqador xabarlar