Tarixda bugun 04.11.2020

Turkiya va dunyo tarixida 04 - noyabri kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1521711
Tarixda bugun 04.11.2020

1909 – yilning 4 – noyabri kuni Istanbul – Bog‘dod temir yo‘li doirasida qurilishi 9 yilda tamomlangan “Haydarpasha” nomidagi poyezd stansiyasi tantanali marosim bilan xizmatga ochildi. Rejasi germaniyalik arxitektorlardan Otto Ritter va Helmut Kuno tomonidan chizilgan bino, “Osiyo darvozasi” degan nom bilan mashhur edi.

   

1922 – yilning 4 – noyabri kuni britaniyalik arxeolog Xovard Karter va uning jamoasi, Misr fir’avni Tutanxamon qabrini kashf etdi. Miloddan oldingi 1323 – yili vafot etgan yosh fir’avn qabrining talon – taroj qilinmay kashf etilishi, arxeologiya tarixida katta iz qoldirdi. Tutanxamonning mumiyosidan boshqa oltin niqobi bosh bo‘lish bilan birga qabridan chiqqan tarixiy asarlar, Qohira muzeyida namoyish etilmoqda.

  

1979 – yilning 4 – noyabri kuni Eron inqilobidan keyin Xomeyniy tarafdori yoshlar AQShning Tehrondagi elchixonasini egallab, 52 kishini garovga oldi. Bu voqea AQSh va Eron o‘rtasida 444 kun davom etgan garov inqirozining boshlang‘ichi bo‘ldi. AQSh yetakchiligi, garovga olinganlarni qutqarish uchun amaliyot uyushtirdi lekin unda AQShning 8 nafar askari bilan eronlik bir kishi halok bo‘ldi va amaliyot muvaffaqiyatsizlik bilan natijalandi.  

 

2008 – yilning 4 – noyabri kuni AQSh tarixida birinchi marotaba qora tanli fuqaro, president etib saylandi. Demokrat nomzod Barak Husayin Obama AQShning 44 – prezidenti bo’ldi.

 



Aloqador xabarlar