Tarixda bugun 01.11.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1519530
Tarixda bugun 01.11.2020

 

644 yil 1 noyabr…   Ikkinchi halifa Umar ibni Hattob Madinada bomdod namozi qilayotgan vaqtda Abu Lulie ismli shaxs tomonidan pichoqli hujumga uchraydi. Ushbu shaxs bu voqeadan keyin o’z joniga qasd qiladi.  Halifa Umar ibni Hattob esa voqeadan uch kun o’tib vafot etadi.

 

1755 yil 1 noyabr… Portugaliya poytaxti Lissabonda ro’y bergan kuchli zilzila va ortidan yuzaga kelgan tsunami falokatida 90 ming inson halok bo’ldi.

 

1923 yil 1 noyabr… Turkiyada Respublika e’lon qilinishi ortidan Usmoniy davlatining so’nggi podshohi Mehmed Vahdettin taxtni tashlab boshqa davlatga qochdi. Turkiya Oliy majlisi o’sha kuni Usmoniy saltanatiga chek qo’ydi.

 

1954 yil 1 noyabr… Jazoir milliy ozodlik jabhasi Fransiya mustamlakachi hukumatiga qarshi Mustaqillik urushini boshladi. 8 yil davom etgan urushda fransuzlar jazoirlik 1.5 mln insonni qatl etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar