Tarixda bugun 17.10.2020

Turkiya va dunyo tarixida 17 - oktabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1510772
Tarixda bugun 17.10.2020

1448 – yilning 17 – oktabri kuni O‘smoniy qo‘shini Ikkinchi Kosova urushida ko‘pchiligi vengrlardan tashkil topgan salibchilarni yengdi. Bu g‘alaba O‘smoniy imperatorligining Bolqonlardagi kuchiga – kuch qo‘shdi. 

 

1777 – yilning 17 – oktabri kuni Amerika kuchlari ingilizlarni Saratoga muhorabasida mag‘lubiyatga uchratdi. Ortidan Fransiya, Ispaniya va Niderlandiya Britaniyaga qarshi AQSh tomonida kurasha boshladi. 

 

1961 – yilning 17 – oktabri kuni mamlakatlarining mustaqilligi uchun Parijda namoyish uyushtirgan jazoirliklarga qarshi fransuz politsiyasi hujum qildi. Tarix sahifalarida “Parij qatliomi” degan nom bilan qolgan voqeada 400 jazoirlik o‘ldirildi. Ba’zi namoyishchilarning jasadlari Seina daryosidan olib chiqildi. 

 

1973 – yilning 17 – oktabri kuni neft tarmog‘ida global inqiroz paydo bo‘ldi. Neft eksport qiladigan mamlakatlar guruhi - OPEK ba’zi g‘arb davlatlariga nisbatan, Suriya bilan bo‘lgan urushda Isroilga yordam bergani uchun neft embargosi yo‘lga qo‘ya boshladi. O‘n arab davlati neft sotish narxini 70 foizga ko‘tardi va neft ishlab chiqarish faoliyatini har oyda 5 foizga kamaytirish haqida qaror qabul qildi. 

 



Aloqador xabarlar