Tarixda bugun 15.10.2020

Turkiya va dunyo tarixida 15 - oktabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1509164
Tarixda bugun 15.10.2020

1917 – yilning 15 – oktabri kuni fransuzlar tomonidan qamoqqa olingan va Germaniya razvedka xizmati uchun josuslik qilganini tan olgan niderlandiyalik raqqosa Mata Xari (Margaretha Geertruida) qatl qilindi.

 

1927 – yilning 15 – oktabri kuni G‘oziy Mustafa Kemal Ataturk Jumhuriyat xalq partiyasining navbatdagi ikkinchi qurultoyida nutqini o‘qiy boshladi. Roppa – rosa 506 sahifadan iborat nutqning o‘qilishi 6 kun davom etdi.

 

1993 – yilning 15 – oktabri kuni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofati, mamlakatdagi irqchilikni to‘xtatish say – harakatlari uchun Janubiy Afrika Davlat rahbari De Klerk bilan Afrika Milliy kongresi rahbari Mandelaga berildi.  

 



Aloqador xabarlar