Tarixda bugun 06.10.2020

Turkiya va dunyo tarixida 6 - oktabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1501866
Tarixda bugun 06.10.2020

1923 – yilning 6 – oktabri kuni Shukru Naili poshsho qo‘mondonligidagi turk qo‘shini Istanbulga kirdi va Birinchi Jahon urushi ortidan qariyb 5 yil davom etgan ishg‘ol, rasmiy ravishda o‘z nihoyasiga yetdi.

 

1948 – yilning 6 – oktabri kuni Turkmaniston poytaxti Ashqobotda 7.3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Unda minglab kishi jon berdi. 

 

1973 – yilning 6 – oktabri kuni Arab davlatlari bilan Isroil o‘rtasida Yom Kippur urushi boshladi. Yigirma kun davom etgan urushda Isroil, Suriya va Misr kuchlarini yer bilan yakson qildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining undovi bilan o‘q uzishni to‘xtatish e’lon qilindi. 

 

1976 – yilning 6 – oktabri kuni Xitoy lideri Maoning vafoti ortidan liderlik vazifasini qo‘lga olgan Xua Guofeng, Madaniy inqilob tugaganini e’lon qildi va Mao davrining to‘rtta faol hukmdori hibsga olindi. 



Aloqador xabarlar