Tarixda bugun 04.09.2020

Turkiya va dunyo tarixida 04 - sentabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1484878
Tarixda bugun 04.09.2020

1063 – yilning 4 – sentabri kuni Buyuk Saljuqiy imperiyasining asoschisi Tug‘rul Bey 73 yoshida Eronning Rey shahrida vafot etdi. Uning ukasi Chag‘ri Beyning o‘g‘li Alparslon Buyuk Saljuqiy hukmdori deb e’lon qilindi.

1919 – yilning 4 – sentabri kuni Sivas Kongressi o‘z ishini Mustafo Kamol Poshaning ochilish nutqi bilan boshladi. Kongress, Anado‘lu bosqiniga qarshi Anado‘lu va Rumeli Mudofaa – i huquq jamiyati va 15 kishilik hay’atni tashkil etishga qaror qildi. Mustafo Kamol Posho vakillik qo‘mitasining raisi etib saylandi. 

2009 – yilning 4 – sentabri kuni Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida Tolibon jangarilari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan neft tankerlariga qarshi NATO uchoqlari tomonidan uyushtirilgan havo hujmi natijasida 90 kishi hayotdan ko‘z yumdi. 



Aloqador xabarlar