Tarixda bugun 22.08.2020

Turkiya va dunyo tarixida 22 - avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1476539
Tarixda bugun 22.08.2020

1642 – yilning 22 – avgusti kuni Britaniyada 9 yil davom etadigan ichki urush boshladi. Qirollik va parlament boshqaruv tarafdorlari o‘rtasida boshlagan to‘qnashuvlar 1651 – yilning 3 – sentabri kuni Vuster muhorabasida, parlamentni qo‘llab – quvvatlaganlarning g‘alabasi bilan yakun topdi.

1812 – yilning 22 – avgusti kuni Iordaniyadagi arxeologik topilmalarga boy qadimiy Petra shahri, shveytsariyalik sayohatchi Iogann Burkxardt tomonidan kashf etildi. Miloddan avvalgi 400 va miloddan keyingi 106 - yillar orasida nabateylarga poytaxtlik qilgan shahar, Rim istilosi ortidan 400 – yillarda yer silkinishi va iqtisodiy sabaplar bilan ko‘zdan iroqlashib, unitildi. 

2000 – yilning 22 – avgusti kuni Ozarbayjonning sobiq Davlat rahbari Abulfayz Elchibey, 62 yoshida vafot etdi. Elchibeyning janoza marosimida qariyb 1 million kishi ishtirok etdi. 



Aloqador xabarlar