Tarixda bugun 19.08.2020

Turkiya va dunyo tarixida 19 - avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1475576
Tarixda bugun 19.08.2020

1915 – yilning 19 – avgusti kuni turk adabiyot olamining taniqli shoiri Tevfik Fikret 48 yoshida Istanbulning Sariyer tumanida joylashgan Rumelihisardagi uyi Oshiyonda vafot etdi. 30 yil ortidan huddi shu kuni Oshiyon, muzey sifatida xalqqa ochildi. 

 

1946 – yilning 19 – avgusti kuni Xitoyda Chan Kay Shek yetakchiligidagi milliyatchilar bilan Mao Zedong yetakchiligidagi kommunistlar o‘rtasida ichki urush boshladi. 1949 – yilgacha davom etgan ichki urushda Pekinni qo‘lga kiritgan kommunistlar g‘alabaga erishdi.

 

1953 – yilning 19 – avgusti kuni Eronda saylov orqali hukmronlikka ega bo‘lgan Bosh vazir Muhammed Musaddik, AQSh va Britaniya tomonidan uyushtirilgan va Shohni qo‘llab – quvvatlagan ofitserlar tomonidan boshqarilgan to‘ntarish orqali hukmronlikdan uzoqlashtirildi. 

 

1991 – yilning 19 – avgusti kuni kommunizm tarafdori generallar, Sovet ittifoqini to‘ntarishga tashabbus qildi. Davlat rahbari Mixail Gorbachovning o‘z vazifasidan boshatilgani ma’lum qilindi lekin Gorbachov ikki kun ortidan vazifasiga qaytganini e’lon qildi. 



Aloqador xabarlar