Tarixda bugun 17.08.2020

Turkiya va dunyo tarixida 17 - avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1474265
Tarixda bugun 17.08.2020

1987 – yilning 17 – avgusti kuni nemis – fashist liderlardan Rudolf Gess hujrasida o‘z joniga qasd qildi. Gess, 1941 – yili o‘zi boshqargan uchoq orqali Shotlandiyaga qongach nazorat ostiga olinib, Nyurnberg sudi tomonidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi. 

 

1988 – yilning 17 – avgusti kuni Pokiston Davlat rahbari Ziyo Ul Haq, mingan uchoqning havoda portlashi oqibatida vafot etdi. Ziyo Ul Haq, qurolli kuchlar bosh shtab boshqarmasi raisligini yuritgan bir davrda, 1977 – yildagi saylovlar ortidan Pokiston, ichki urush eshigiga keldi. Ul Haq ana shu davrda qonsiz to‘ntarish orqali Zulfikar Ali Buttoni hukmronlikdan yiqitib, 1 yil ortidan Prezident bo‘lgandi. 

 

1999 – yilning 17 – avgusti kuni Turkiyaning Marmara mintaqasida, tarixning eng yirik yer silkinishlaridan biri yuz berdi. 7.4 magnitudali yer silkinishi atigi 45 soniya davom etdi. Unda 18 ming 373 kishi vafot etdi, 48 ming 901 kishi tan jarohati oldi. Yuz minglab kishi, uy – joysiz qoldi. Ziyon ko‘rgan uy va ishxonalar soni 245 mingdan oshdi. 



Aloqador xabarlar