Tarixda bugun 15. 08. 2020

Turkiya va dunyo tarixida 15 - avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1472988
Tarixda bugun 15. 08. 2020

1461 – yilning 15 – avgusti kuni Fotih Sulton Mehmed qo‘mondonligi ostidagi O‘smoniy armiyasi qariyb 1 yil davom etgan qamal ortidan Trabzonni qo‘lga kiritdi va Trabzon Rim imperiyasini yiqitdi. 

1914 – yilning 15 – avgusti kuni qurilish ishlari 33 yil davom etgan va Atlantika okeani bilan Tinch okeanini bir – biriga bog‘lagan Panama kanali ochildi.

1960 – yilning 15 – avgusti kuni Turkiya, Britaniya, Gretsiya va Kiprdagi turk va grek vakillar qo‘l qo‘ygan Tsyurix va London shartnomalariga muvofiq, Kipr respublikasiga asos solingan kun deb e’lon qilindi. Uch davlat yangi Kipr davlatining kafil mamlakati bo‘ldi. 

1969 – yilning 15 – avgusti kuni Woodstock musiqa va san’at festivali 400 ming kishi ishtirokida Nyu – Yorkda boshladi. Festival 3 kun davom etdi. 

 



Aloqador xabarlar