Tarixda bugun 14.08.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1472880
Tarixda bugun 14.08.2020

 

1947 yil 14 avgust… 2-Jahon urushidan so’ng, Hindistonning mustaqillik talablariga binoan, Buyuk Britaniya mamlakatga mustaqillik huquqini berdi. Bundan 70 yil muqaddam Buyuk Britaniya Hindistonni tark etib, uni Hindiston va Pokiston davlatlari sifatida ikkiga bo’ldi. Bu boʻlinish 20 asrning eng yirik voqealaridan biri sifatida tarixga kirdi.

 

1974 yil 14 avgust… Turkiya, Buyuk Britaniya va Gretsiya o’rtasidagi diplomatik muzokaralar inqirozga uchragach, Turk armiyasi Kipr tinchlik harakatining ikkinchi bosqichiga o’tdi va poytaxt Nikoziyaga kirdi.

 

2006 yil 14 avgust… Isroil-Hizbulloh urushi sulh bitimi asosida to’xtatildi. Livan armiyasi va BMT Tinchlik kuchi Isroil armiyasi chekingan Janubiy Livanga joylashdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar