Tarixda bugun 13.08.2020

Turkiya va dunyo tarixida 13 - avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1472156
Tarixda bugun 13.08.2020

1956 – yilning 13 – avgusti kuni ilmiy – fantastik romanining Jyul Verne bilan ikki buyuk yo‘l ko‘rsatuvchilaridan biri bo‘lgan ingiliz jurnalist va tarixchi Gerbert Jorj Uells 80 yoshida vafot etdi. U qalamga olgan “Vaqt mashinasi”, “Dunyolar urushi” va “Ko‘rinmas odam” dunyoning bir necha tiliga tarjima qilinib, sahnalashtirildi. 

1961 – yilning 13 – avgusti kuni “Sovuq urush” davrining ramzi hisoblangan Berlin devori qurila boshladi. Roppa – rosa 46 kilometr uzunlikdagi Berlin devori, shaharning sharq va g‘arbini 30 yil jismoniy jihatdan bir – biridan ajratib turdi.

1987 – yilning 13 – avgusti kuni AQSh Davlat rahbari Ronald Reagan, “Eron – Kontras” janjali masalasidan javobgar ekanligini rasmiy ravishda tan oldi. Janjal, podpolkovnik Oliver Nort liderligidagi bir guruhning, noqonuniy yo‘llar orqali Eronga Amerika qurollarini sotishi va qo‘lga kiritilgan daromadni Nikaraguadagi sotsialistik hukumatni yiqitish uchun kurashgan guruhlarga o‘tkazib berganligining oshkor bo‘lishi natijasida o‘rtaga chiqdi. 

 



Aloqador xabarlar