Tarixda bugun 07.08.2020

Turkiya va dunyo tarixida 7 - avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1468847
Tarixda bugun 07.08.2020

1982 – yilning 7 – avgusti kuni arman terror tashkiloti ASALA a’zosi ikki terrorist Anqaradagi Esenbog‘a aeroportiga qarshi qurolli hujum uyushtirdi. Unda 8 kishi vafot etdi. Vafot etganlardan tashqari 72 kishi tan jarohati oldi. Xavfsizlik kuchlari, terroristlardan birini o‘ldirdi, ikkinchisini esa yarador ravishda qo‘lga tushirdi. 

1990 – yilning 7 – avgusti kuni Iroqning Quvaytni bosib olishi ortidan AQSh va ittifoqdoshi “Cho‘l qalqoni” amaliyotini boshlatdi. Ittifoqdoshlarini qo‘llab – quvvatlagan lekin urushga qatnashmagan Turkiya esa Kerkuk – Yumurtalik neft quvir liniyasini bekitti. 

1998 – yilning 7 – avgusti kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalariga qarshi bir vaqtning o‘zida hujum uyushtirildi. AQSh yetakchiligi, 224 kishi vafot etgan hujumdan Usama Bin Ladin liderligidagi al – Qoida terror tashkilotining mas’ul ekanligini ma’lum qildi. 

2016 – yilning 7 – avgusti kuni 15 – iyuldagi to‘ntarish tashabbusi ortidan Turkiya tarixining eng buyuk mitingi Istanbulning Fatih tumanidagi Yenikapi shaharchasida bo‘lib o‘tdi. Demokratiya va shahidlar mitingida qariyb 5 million kishi ishtirok etdi. 

 



Aloqador xabarlar