Tarixda bugun 05.08.2020

Turkiya va dunyo tarixida 5 - avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1467598
Tarixda bugun 05.08.2020

1921 – yilning 5 – avgusti kuni Anado‘luda grek armiyasining ilgarilashining davom etishi ortidan TBMM Mustafa Kemal Pashani “Bosh qo‘mondon” deb e’lon qildi va 3 oy davomida turli yangi vakolatlar berdi.

                                   

1994 – yilning 5 – avgusti kuni Ruminiyadan yo‘lga chiqqan va natsistlardan qochgan 383 yahudiyni tashigan va “Mafkura” deb nomlangan kema, kim ekanligi noma’lum suv osti kemasi tomonidan Qora dengizda cho‘ktirildi. Hujumda 372 kishi vafot etdi.  

                                    

1962 – yilning 5 – avgusti kuni Amerikalik aktrisa Marilyn Monroe vafot etdi. Hollywooddagi uyida o‘lik holatda topilgan 36 yoshidagi taniqli yulduzning o‘z joniga qasd qilganligi aytildi.

                                 

1998 – yilning 5 – avgusti kuni minglab turkni Bolgariyadan ko‘chishga majbur qilgan va o‘z yurtini uzoq vaqtgacha diktatorlik bilan boshqargan Todor Jivkov, Sofiyada vafot etdi.



Aloqador xabarlar