Tarixda bugun 05.03.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1372548
Tarixda bugun 05.03.2020

 

                            

1933 yil 5-mart…  Germaniyada o’tkazilgan umumiy saylovlarda Adolf Gitler yetakchiligidagi Natsional sotsialist nemis ishchi partiyasi 43.9 foiz ovoz olib, Parlamentda yakka hukmronlikni qo’lga kiritdi. 1 dekabrga kelib Germaniyadagi barcha siyosiy partiyalar yopildi.

 

 

1946 yil 5-mart… 2-Jahon urushidan so’ng, SSSR bilan sharqiy Yevropa davlatlari ramziga aylangan “Temirparda” tushunchasi birinchi bor Buyuk Britaniya bosh vaziri Churchil tomonidan qo’llanildi.

 

 

1953 yil 5 mart… Lenin vafotidan so’ng Sovet Ittifoqida boshqaruvni qo’lga kiritgan va 30 yil davomida mamlakatni qattiqqo’llik bilan boshqargan Stalin vafot etdi. SSSRni 2-Jahon urushida “superkuch” vaziyatiga keltirgan Stalin Sovet Ittifoqidagi ommaviy surgun va qatliomlarning ham javobgari edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Stalin davrida 3 mln kishi surgun qilindi va og’ir mehnat lagerlarida hayotdan ko’z yumdilar.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar