Tarixda bugun 28.02.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1367690
Tarixda bugun 28.02.2020

 

 

1953 yil 28 fevral… Turkiya, Gretsiya va Yugoslaviya o’rtasida Bolqon pakti imzolandi. Ushbu hujjat asosida harbiy hamkorlik to’g’risida qaror qabul qilgan uch mamlakat SSSRning Bolqon mintaqasi ustidagi hukmronligini cheklashni ko’zda tutgandi.

 

1986 yil 28 fevral… Poytaxt Stokholmda turmush o’rtog’i va farzandi bilan kinoteatrga borgan Shvetsiya bosh vaziri Olaf Palme qurolli hujum oqibatida hayotdan ko’z yumdi. Ushbu suiqasd hech qachon fosh etilmadi va kimlar tomonidan sodir etilgani aniqlanmadi.

 

 

1991 yil 28 fevral… AQSh 1-Ko’rfaz urushida quruqlik jangini boshlamasdan avval Iroq bilan ittifoqdosh davlatlar o’rtasida sulh bitimi imzolandi. Ushbu bitim asosida Iroqning 6 oydan ortiq davom etgan Quvayt ishg’oliga yakun yasaldi.

 

 

1997 yil 28 fevral… Turkiyaning milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishida 28 fevral jarayoni deb atalgan 18 moddalik qarori qabul qilindi.

 

 

2015 yil 28 fevral… “Nozik Memed” va “Yer temir osmon mis” kabi klassik asarlar muallifi bo’lgan usta yozuvchi Yashar Kamol 92 yoshda Istanbulda vafot etdi.


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar