Tarixda bugun 27.02.2020

Turkiya va dunyo tarixida 27-fevral kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1367437
Tarixda bugun 27.02.2020

1914-yilning 27-fevrali kuni Turk armiyasining birinchi uchuvchilaridan biri yuzboshi Fethi va katta leytenant Sodiq, Muavonat-i Milliya deb nomlangan uchoqlari orqali Damashqdan Quddus tomon yo‘l olar ekan Teberiya tumani yaqinlarida shahid bo‘ldi. Fethi va Sodiq beylar Turk Harbiy – havo kuchlari tarixining birinchi shahidlaridir. 

                  

1933-yilning 27-fevrali kuni Germaniyada Adolft Gitlerning Bosh vazir deb tayin qilinishidan qisqa vaqt o‘tgach mamlakatning parlament binosi quladi. Gitler, ushbu binoda kelib chiqqan yong‘inda kommunistlarni ayblagan holda, Prezident Hindenburgga inson huquqlari va erkinliklarini bekor qiluvchi farmonni imzolatdi. Ko‘p o‘tmay Natsistlar partiyasidan boshqa har bir partiyaning faoliyatlari to‘xtatildi va Kommunist partiyasining 181 deputati bilan partiya yetakchilari nazorat ostiga olindi. 

                  

2010-yilning 27-fevrali kuni Chilining Konsepsion shahri yaqinlarida 8.8 magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Roppa-rosa 1000 kishining umriga zomin bo‘lgan voqea atigi 90 soniya davom etdi va 2 milliondan ortiq kishi salbiy ta’sir ko‘rdi. Besh yuz ming uy-joy vayron bo‘lgan yoki katta ziyon ko‘rgan yer silkinishida elektr va telefon tarmoqlari cho‘kdi.                                              

2014-yilning 27-fevrali kuni global iqlim o‘zgarishlari tufayli yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan oq ayiqlar haqida xabardorlikni oshirish uchun hari yili 27-fevral kuni “Xalqaro oq ayiqlar kuni” nishonlanmoqda. Tahminan bugungi kunda dunyoda kamida 20, eng ko‘p 25 ming oq ayiq qolgan xolos.

                  

 

 



Aloqador xabarlar