Tarixda bugun 26.02.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1366270
Tarixda bugun 26.02.2020

                            

 

1802 yil 26 fevral… “Notr Damening bukrisi”, “Qashshoqlar” va boshqa bir qator o’chmas asarlar muallifi bo’lgan taniqli yozuvchi Viktor Hugo Fransiyada dunyoga keldi.

 

1992 yil 26 fevral… Qorabog’ urushida arman to’dalar Xo’jali shaharchasida himoyasiz tinch aholini vahshiylarcha qatl qildi. Qatliomda 613 nafar ozarbayjon halok bo’ldi, ulardan 106 nafari ayollar, 83 nafari yosh bolalar edi. 1275 kishi asirga olindi. 150 kishi bedarak yo’qoldi. 487 kishi og’ir yaralandi. O’liklarni medekspertiza qilish jarayonida boshi tanasidan judo qilinganlarning aksariyati tiriklayin yoqib yuborilganligi, ko’zlari o’yib olinganligi aniqlandi. Inson huquqlari kuzatish tashkiloti Xo’jali qatliomini Qorabog’ urushida sodir etilgan “eng vahshiy qatliom” deb atadi.

 

2017 yil 26 fevral… Los Anjelosda o’tkazilgan 89-Oskar marosimida ilk bor bir musulmon aktyor mukofot sohibi bo’ldi. Eng yaxshi kinofil’m nominatsiyasida Mahershala Ali erkak aktyor mukofotini qo’lga kiritdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar