Tarixda bugun 25.02.2020

Turkiya va dunyo tarixida 25-fevral kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1365982
Tarixda bugun 25.02.2020

1986-yilning 25-fevrali kuni Filippinda 20 yillik Ferdinand Markosning diktaturasi o’z nihoyasiga yetdi. Mamlakatda o'rnatgan avtoritar tuzum va korruptsiyalari tufayli xalqning katta norozichiligiga yo’l ochgan Markos, bo’lib o’tgan saylovda muxolafat lider Korason Akinoning g'alaba qozonishi va AQShning uni qo'llab-quvvatlashdan voz kechishi bilan o’z yurtidan qochib, Gavayiga joylashdi. Keyinchalik dalillar Markos oilasi va yaqinlarining mamlakat iqtisodiyotiga milliardlab dollar zarar yetkazganligini aniqladi.

                   

1994-yilning 25-fevrali kuni Falastinning G’arbiy Sohil mintaqasida “Ibrohim Jome’ masjidi qatliomi” yuz berdi. Qatliom yahudiy ko'chmanchining falastinliklarga qarshi o’q uzishi bilan boshladi. Oqibatida falastinlik 29 kishi jon berdi, 125 kishi esa tan jarohati oldi. Ortidan uyushtirilgan namoyishlarda kelib chiqqan voqealarda esa falastinlik 26 kishi jon berdi. 

                  

2000-yilning 25-fevrali kuni mashhur musiqachi Karlos Santana sakkizta Grammy mukofatini qo’lga kiritdi. U, Jacksoning “Thriller” deb nomlangan musiqiy albomi orqali o’rnatgan rekordini takrorlagan. 

                  

 



Aloqador xabarlar