Tarixda bugun 19.02.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1362596
Tarixda bugun 19.02.2020

 

 

1915 yil 19 fevral… Usmoniy Imperiyasi uchun o’ta muhim bo’lgan Chanoqqal’a bo’g’ozida urush boshlandi. Ixtilof davlatlarning dengiz floti bo’g’oz mudofaasida xizmat qilgan artilleriyaga hujum qildi.

1959 yil 19 fevral… Turkiya, Gretsiya va Buyuk Britaniya o’rtasida mustaqilk Kipr Respublikasiga asos solgan London bitimi imzolandi. Buyuk Britaniya, Turkiya va Gretsiya yangi tuzilgan Kipr davlati uchun kafolatchi davlatlarga aylandi.

1986 yil 19 fevral… SSSR tomonidan Mir orbital stantsiyasining ilk moduli kosmosga uchirildi. Sovetlar tomonidan boshqariladigan ilmiy-tadqiqot orbital kompleksi 2001 yil 23 martida o’z faoliyatini yakunladi.

 

1992 yil 19 fevral… Turkmaniston Respublikasining davlat bayrog’i belgilandi va ushbu kun mamlakatda “Bayroq bayrami” sifatida nishonlana bıshladi. Ayni vaqtda 19 fevral mamlakatning birinchi prezidenti Saparmurot Turkmanboshi tavallud topgan kundir.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar