Tarixda bugun 18.02.2020

Turkiya va dunyo tarixida 18-fevral kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1361174
Tarixda bugun 18.02.2020

1451-yilning 18-fevrali kuni Fotih Sulton Mehmet otasi Murod II ning vafoti ortidan ikkinchi marotaba O’smoniy taxtiga chiqdi. Sulton Mehmet podishoh bo’lganida 19 yoshida edi. 

                    

1564-yilning 18-fevrali kuni Uyg’onish davri nomoyondalaridan biri, beqiyos haykaltarosh, rassom, arxitektor va shoir Michelangelo, 89 yoshida vafot etdi. 

                  

1856-yilning 18-fevrali kuni O’smoniy davlatida inson huquqi himoyasi, yangi siyosiy va byurokratik tizimlarning tashkil etilishi uchun tubdan o’zgarishlarni ko’zda tutgan Islohot farmoni butun dunyoga e’lon qilindi. Ushbu farmon ayniqsa mayda millatlarga berilgan imtiyozlar tufayli O’smoniy davlati yetakchiligi kutgan natijani bermadi. 

                  

1952-yilning 18-fevrali kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi Turkiyaning NATO tarkibiga kirishini tasdiqladi. 1951-yilning 21-fevrali kuni Gretsiya bilan birgalikda a’zolik uchun taklif qilingan Turkiya, TBMMning ushbu qarori ortidan 21-fevral kuni Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotiga a’zo bo’ldi

                  

 

 

 



Aloqador xabarlar