Tarixda bugun 25.01.2020

Turkiya va dunyo tarixida 25-yanvar kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1346995
Tarixda bugun 25.01.2020

1058-yilning 25-yanvari kuni Buyuk Saljuqiy sultoni Tug’rul Bey, halifa tomonidan qilich bilan qurollantirilib “Sharq va G’arbning hukumdori” deb e’lon qilindi.

                    

1072-yilning 25-yanvari kuni dunyo tarixidagi birinchi turkiy tillari lug’ati “Devonu lug’atit turk” buyuk tilshunos olim Mahmud Qashqariy tomonidan qalamga olina boshladi. Ikki yilda tamomlangan mazkur lug’at Turk madaniyatining eng muhim yozma asarlari orasida shoh asardir. 

                   

1971-yilning 25-yanvari kuni Afrika qit’asining eng yomon tanilgan diktatori Idi Amin, o’zi yo’lga qo’ygan harbiy to’ntarish orqali davlat rahbari Milton Obeteni hokimiyatdan chetlatdi va o’zi Uganda davlat rahbari bo’ldi. U 1979-yilgacha hukmromlik qilar ekan nomi Ugandadagi qatliomlarga aralashdi. Xuddi shu yilning 13-apreli kuni Tanzaniyaga qarshi urush e’lon qilgan Idi Amin, buning natijasida mag’lubiyatga uchragach Ugandadan qochib Liviya, Iroq va oxiri Saudiya Arabistonidan boshpana talab qildi. Idi Amin 2003-yili vafot etganida 78 yoshida edi.

                    

2005-yilning 25-yanvari kuni Hindistonda Haj marosimini ado etish chog’ida tiqilinch yuz berdi. Voqea oqibatida 258 kishi jon berdi.

                   

2019-yilning 25-yanvari kuni Braziliyaning Brumadinho shahrida metallurgiya sanoati chiqindilari oqiziladigan damba o’pirildi. Voqeada 200 dan ortiq kishi jon berdi. 

                  

 



Aloqador xabarlar