Tarixda bugun 22.01.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1344902
Tarixda bugun 22.01.2020

 

                             

1517 yil 22 yanvar… Usmoniy imperiyasi bilan Misr va Suriyani boshqargan Mamluklar davlati o’rtasida urush boshlandi. Urushda mag’lub bo’lgan Mamluklar davlati sultoni mamlakatning ichki hududlarigacha chekinib, qarshilikni davom ettirishiga qaramay, 4 fevralda Usmoniy sultoni Yovuz Sulton Selim poytaxt Qohiraga tantanali ravishda kirib bordi. Bu g’alabadan so’ng, Mamluklar davlati quladi. Misr Usmoniy imperiyasiga qo’shildi. Xalifalik maqomi Usmoniylarga o’tdi.

 

 

1666 yil 22 yanvar… Boburiylar sulolasidan sulton Shox Jahon 74 yoshda Hindistonning Agra shahrida vafot etdi. Dunyoning eng yirik memoriy asarlaridan “Toj Mahal” Shox Jahon tomonidan turmush o’rtog’i Mumtoz Mahalga atab vafotidan (1631 y. 7 iyul) soʻng qurdirilgandi. Shox Jahonning oʻzi ham Toj Mahalga turmush o’rtog’ining yoniga dafn qilindi.

 

 

 

1856 yil 22 yanvar… Iskandariya-Qohira liniyasining 211 kmi. tugallanib ishga tushirildi. Bu liniya Usmoniy yerlaridagi birinchi temir yo'l bo’lib hisoblanadi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar