Tarixda bugun 11.01.2020

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1338250
Tarixda bugun 11.01.2020

                         

 

630 yil 11 yanvar…  Makka Muhammad payg’ambar boshchiligidagi musulmonlar jamoasiga jangsiz taslim boʻldi, makkaliklar Muhammad jamoalariga qoʻshildi. Butparastlar qo’lidan olingan Makkada umumiy avf e’lon qilindi. So’ngra, Ka’bani ziyorat qilgan Muhammad payg’ambar ushbu muqaddas dargohni ham butparastlardan tozaladi.

 

1962 yil 11 yanvar… Peruda tabiiy ofatlar yuz berdi. Mamlakatning eng baland Nevada tog’ida vulqon otildi. Vulqon portlashi va buning oqibatida yuzaga kelgan tuproq ko’chkilari natijasida minglab inson halok bo’ldi.

 

 

1984 yil 11 yanvar… Dunyo bo’ylab mashhur san’atkor Maykl Jekson “Thriller” nomli musiqiy albomi bilan bir kechada 8 marta Grammy mukofotini qo’lga kiritdi.

 

 

2014 yil 11 yanvar… 1982 yili falastinlik qochqinlar joylashgan Sabra va Shatilla lagerlaridagi qatliomlarga ko’z yumgan, Isroilning sobiq bosh vazirlaridan Ariel Sharon 8 yil koma yotgach, vafot etdi. Falastin zaminini ikkiga bo’luvchi devor qurilishiga boshchilik qilgan Sharon, 2000 yili Harem-i Sharifga tashrifi bilan 2-isyonning boshlanishiga sabab bo’ldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar