Tarixda bugun 07.01.2020

Turkiya va dunyo tarixida 7-yanvar kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1336124
Tarixda bugun 07.01.2020

1946-yilning 7-yanvari kuni Respublikaning birinchi yillaridagi muvaffaqiyatsiz tashabbuslar ortidan Turkiyada ko’p partiyali parlament tizimiga o’tish davrining birinchi qadamlari tashlana boshladi. Jumhuriyat Xalq partiyasi a’zoligidan chiqqan sobiq Bosh vazir Jelal Bayar, Adnan Menderes, Ordinaryus professor Fuat Ko’prulu va Refik Koraltan Demokrat partiyasiga asos soldi. Partiyaga asos solinishidan uch kun ortidan o’tkazilgan Buyuk kongressda partiyaning raisligiga Jelal Bayar saylandi. Demokrat partiyasi 1950-yilning 15-mayida bo’lib o’tgan saylovda g’alaba erishar ekan Turkiyada 27 yildir davom etgan JXP ning yagona partiyalik boshqaruv tizimi to’xtadi.  

                   

1979-yilning 7-yanvari kuni 4 yil davom etgan Kambojadagi “qizil kxmerlar” rejimi bilan kurashgan Vetnam qo'shinlari, Kamboja poytaxti Pnompenni qo’lga kiritdi. Qizil kxmerlar lideri Pol Pot poytaxtni tark etdi. Mamlakatda Vetnamni qo’llab-quvvatlagan yangi yetakchilik bilan Qizil kxmerlar o’rtasida 1999-yilgacha davom etgan ichki urush boshladi.

                  

 



Aloqador xabarlar