Tarixda bugun 04.01.2020

Turkiya va dunyo tarixida 4-yanvar kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1334471
Tarixda bugun 04.01.2020

1969-yilning 4-yanvari kuni 1965-yili qo’l qo’yilgan “Har qanday irqiy kamsitirishlarga barham berishlik to’g’risidagi xalqaro shartnoma” kuchga kirdi. Shartnomaning yo’lga qo’yilishi uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi a’zo 18 davlat ishtirokida “Irqiy kamsitishlarning oldini olish qo’mitasi” tashkil topdi. 1972-yili shartnomaga qo’l qo’ygan Turkiya, uni 2001-yili tasdiqladi.

                 

1990-yilning 4-yanvari kuni Pokistonning Sind viloyatida tarixning eng yirik poyezd fojialaridan biri yuz berdi. Yo’lovchi poyezdlaridan biri yuk tashuvchi poyezd bilan to’qnashdi. Fojia oqibatida 307 kishi jon berdi. 

                 

2006-yilning 4-yanvari kuni Sabra va Shatilla lagerlaridagi qatliom yuzasidan falastinliklar orasida “Qossop” degan nom bilan tanilgan Isroil Bosh vaziri Ariel Sharon miyaga qon quyilishi (insult) tufayli komaga tushdi. 2000-yili Quddusda Harom-i Sharifga bo’lgan tashrifi bilan ikkinchi intifadaning boshlanishiga yo’l ochgan Sharon, Falastin tuproqlarini ikkiga bo’lgan devorning ham kashfiyotchisi hisoblanadi. Ariel Sharon 8 yil komada qolganidan keyin 2014-yilning 11-yanvarida vafot etdi.

                

2010-yilning 4-yanvari kuni 830 metrlik balandligi bilan dunyoning eng uzun osmono'par binosi unvoniga ega bo’lgan Shangay Towerni ortda qoldirgan Dubaidagi Burj Halifaning qurilishi tamomlandi.

                



Aloqador xabarlar