Tarixda bugun 29.12.2019

Tarixdfa sodir bo'lgan muhim voqealar...

1331271
Tarixda bugun 29.12.2019

 

 

1940 yil 29 dekabr…  2-Jahon urushida Buyuk Britaniya poytaxti London Nemis havo kuchlarining ashaddiy hujumlariga uchradi. Nemis samolyotlari Londonga bir kechada taxminan 10 ming yong’in bombasi tashladi.

 

1967 yil 29 dekabr…  Kiprda doktor Fozil Kuchuk rahbarligida “Kipr-Turk muvaqqat hukumati” tuzildi.

 

1972 yil 29 dekabr… AQShning Nyu-York shahridan Miamiga parvoz qilgan yo’lovchi samolyoti uchuvchi xatosi tufayli, shahar yaqinlaridagi botqoqlikka qulab tushdi. Fojiada 101 kishi halok bo’ldi.

 

1996 yil 29 dekabr… O’rta Amerikada joylashgan Guatemalada 36 yil davom etgan ichki urush hukumat bilan jangarilar o’rtasida imzolangan kelishuv natijasida yakun topdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar