Tarixda bugun 26.12.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1330015
Tarixda bugun 26.12.2019

 

                         

1890 yil 26 dekabr… Antik Truva shahrini kashf qilgan va topilgan Truva hazinalarini xorijga olib qochgan nemis Xinrich Shliemann Napolida vafot etdi.

 

1898 yil 26 dekabr… Per va Mari Kuri radiy elementini kashf qildi. Ushbu kashfiyot bilan ular 1903 yili Fizika bo’yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.

 

1905 yil 26 dekabr… Janubiy Afrikada 3106 karat qiymatida “Kullinan” olmosi topildi. 9 bo’lakka bo’lingan olmosdan olingan 530 karatlik dunyoning eng yirik brillianti Buyuk Britaniya qirollik tojiga o’rnatildi.

 

1975 yil 26 dekabr… Sovet Ittifoqi dunyodagi dastlabki süpersonik samolyoti Tu-144 ni xizmatga topshirdi.

 

2003 yil 26 dekabr… Eronning Kirman viloyatida 6.6 bal zilzila ro’y berdi. Zilzila oqibatida qariyb 20 ming kishi halok bo’ldi.

 

2006 yil 26 dekabr… Nigeriyaning Lagos shahridagi neft quvurida sodir bo’lgan portlashda 500 kishi halok bo’ldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar