Tarixda bugun 09.12.2019

1917 yil  9- dekabrda, Usmonli Armiyasi  Falastin jabhasidan chekinishi tufayli, Quddus,  400 yil davom etgan Usmonli hukmronligidan chiqdi. Ikki kundan keyin general Allenbi Ingliz armiyasi uning qo'mondonligi ostida Yaffa darvozasidan shaharga bostirib

1319981
Tarixda bugun   09.12.2019

 

1893 yil 9- dekabrda  Istanbulga ta'sir etgan sovuq ob-havo Halichning  muzlab qolishiga sabab bo’ldi.

1917 yil  9- dekabrda, Usmonli Armiyasi  Falastin jabhasidan chekinishi tufayli, Quddus,  400 yil davom etgan Usmonli hukmronligidan chiqdi. Ikki kundan keyin general Allenbi Ingliz armiyasi uning qo'mondonligi ostida Yaffa darvozasidan shaharga bostirib kirdi.

1946 yil 9- dekabrda Nyurnberg  sudning  ikkinchi bosqichi boshlandi. "Shifokorlar sud oldiga chiqishlari"  nomidagi  bosqich sudda  odamlar ustidan  sinovlar o’tkazgan Natsist olimlar sud qilindi.

1987- yili 9- dekabrda  Falastin tuproqlarida Intifada boshlanishi bilan Isroil armiyasi, G'azo sohilidagi  Jabaliya qochqinlar lageriga hujum qildi.  Hujum  natijasida  juda ko'p sonda  Falastinlik  halok bo'ldi.

1990- yili 9- dekabrda  Birdamlik harakati lideri Lex Uelsa Polshada prezident saylovlarida g’alaba qozondi.

1992- yili 9- dekabrda  Valiahd shahzoda Charlz va Angliya malikasi Diananing ajralishi, buni  jamoatlar palatasida qirollik deklaratsiyasini o'qib eshittirish orqali e'lon qilindi. Er-xotin 11 yil nikohda bo'lib, 1996 yilda rasmiy ravishda ajrashdi.

2002- 9- dekabrda,  Indoneziya hukumati va Aceh shahridagi  isyonchilar o'rtasida 26 yillik fuqarolik urushi tugatgan  tinchlik shartnomasi imzolandi. 

 2007- yili 9- dekabrda  Turkiyada " o’z sohasida birinchi bo’lgan" Iqtisodiyot bo’yicha Professor Doktor Sebahattin Zaim  Istanbulda 81 yoshida vafot etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kashfiyot , #Voqelar , #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar