Tarixda bugun 08.11.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1302281
Tarixda bugun 08.11.2019

 

                         

1520 yil 08 noyabr… Daniya qiroli 2-Kristianning buyrug’i bilan shvetlarga qarshi qatliom sodir etildi. Ushbu qatliom “Stokholm qatliomi” deb ataldi. Qatliom natijasida Daniya bilan Shvetsiya o’rtasida urush boshlandi.

 

1793 yil 08 noyabr… Parijda jahonga mashhur Louvre muzeyi ochildi. Louvre 13 asr boshlarida qal’a sifatida insho etilgandi.

 

1923 yil 08 noyabr… Germaniyaning Bavyera shtatida Adolf Gitler va safdoshlari shtat hukumatini to’ntarishga urindi, biroq bu urinish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Natijada Gitler va safdoshlari qamoqqa olindi. Gitler qamoqxonada natsizmni targ’ib etuvchi “Kavgam” nomli kitobini yozdi. Gitler yetakchiligida to’plangan nazilar 9 yil oradan so’ng, parlament saylovlarida 196 deputatga ega bo’lib, Nemis parlamentida yetakchi partiyaga aylandi.

 

1988 yil 08 noyabr… Xitoy janubi g’arbidagi Yunnan shtatida 7.2 bal zilzila ro’y berdi. Zilzilada 730 kishi halok bo’ldi, 400 ming uy vayron bo’ldi.

 

1992 yil 08 noyabr… Germaniya poytaxti Berlinda avj olgan irqchilikka qarshi mamlakat tarixidagi eng yirik namoyishlar bo’lib o’tdi. Namoyishlarda taxminan 350 ming kishi qatnashdi.

 

2000 yil 08 noyabr… Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lish jarayoni uchun yo’l haritasi sifatida qabul qilingan “A’zolik hujjati” rasman e’lon qilindi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar