Tarixda bugun 06.11.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1301273
Tarixda bugun 06.11.2019

 

 

1494 yil 06 noyabr… Usmoniy podshohi Qonuniy Sulton Sulaymon Turkiyaning Trabzon viloyatida tavallud topdi. Qonuniy Sulton Sulaymon otasi Yovuz Sulton Selimdan so’ng, Usmoniy saltanatining 10-podshohi sifatida taxtga o’tirdi. Usmoniy saltanatini 46 yil boshqardi.

 

1860 yil 06 noyabr… Abraham Lincoln AQShning 16-prezidenti etib saylandi. U Amerikadagi ichki urushda qullikni himoya qilgan janubiy shtatlarga qarshi zafar qozonib, davlat birligini saqlab qoldi. Lincoln davrida AQShda qullik taqiqlandi.

 

1893 yil 06 noyabr… Dunyo bo’ylab taniqli rus bastakor Chaykovskiy 53 yoshida Sankt Peterburg shahrida vafot etdi.

 

1944 yil 06 noyabr… AQShning "Hanford" yadro muassasalarida ilk bor plutoniy ishlab chiqarildi. Ushbu plutoniy Yaponiyaning Nagasaki shahriga otiladigan atom bombani yasashda ishlatildi.

 

1983 yil 06 noyabr… Turkiyada “12 sentyabr harbiy to’ntarishi”dan so’ng parlament saylovi o’tkazildi.  Saylovlarda uchta partiya kuch sinashdi. Saylov kutilmagan g’alaba bilan yakunlandi. Turgut O’zal rahbarligidagi Ona vatan partiyasi 211 deputat bilan yakka hukumatga aylandi. 12 sentyabr harbiy to’ntarish hukumati tomonidan qo’llab quvvatlangan Xalqparvar demokratiya partiyasi esa faqatgina 71 deputatga ega bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar