Tarixda bugun 03.11.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

1299268
Tarixda bugun 03.11.2019

 

                              

1957 yil 3 noyabr… Sovet Ittifoqi ikkinchi sun’iy yo’ldoshi “Sputnik-2”ni kosmosga uchirdi. Ushbu sun’iy yo’ldoshda birinchi marta tirik mavjudot “Layka” ismli kuchuk kosmosga parvoz qildi.

 

1982 yil 3 noyabr… Hindukush tog’idan o’tgan va Afg’onistonning shimoli va janubi o’rtasida ko’prik vazifasini o’tagan “Salang” tunelida yong’in sodir bo’ldi. Fojiada 2 mingdan ortiq inson halok bo’ldi.

 

1983 yil 3 noyabr… Turkiyada “Otaturk” suv ombori va Gidroelektr stansiyasining poydevori qurildi. Ushbu suv ombori dunyodagi yirik suv omborlari ro’yxatida 5-o’rinda turadi. Qurilishi 11 yil davom etgan suv omborining ko’l havzasi 817 km kvadratni tashkil qiladi.

 

2002 yil 3 noyabr… Turkiyada muddatdan avvalgi saylovlar bo’lib o’tdi. Saylov natijasida Respublika xalq partiyasi va yangi tuzilgan Ak partiya Turkiya parlamentida o’rin egallashga muvaffaq bo’ldi. Ak partiya 363 deputati bilan yakka hukmronlikni qo’lga kiritdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tarixda bugun

Aloqador xabarlar